Maktab yoshidagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Xalq ta`limi vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bolalarni umumta`lim muassasasining 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Ota-onalar tomonidan umumta`lim muassasasi direktori nomiga ariza;
2. Ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);
3. Bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi asl nusxasi;
4. Bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma`lumotnoma;
5. Bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
6. Bolaning yashash joyidan ma‘lumotnoma
Bolani umumta`lim muassasasining 1-sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi(6 yoshlilar uchun):
1. Xalq ta’limi mudiri nomiga ariza
2. Tibbiy ko‘rik daftari
3. Tug‘ilganlik xaqidagi guvoxnomaning asl nusxasi
4. 3×4 rasm (6 dona)
5. Yashash joyidan ma‘lumotnoma
Bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
1. Xalq ta’limi bo‘limining yo‘llanmasi
2. 026 va 063 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma
3. Tug‘ilganlik xaqidagi guvoxnomaning nusxasi
4. 3×4 rasm (4 dona)
5. Yashash joyidan ma‘lumotnoma
6. Ota-onaning pasport nusxalari
7. Ota-onaning ish joyidan ma’lumotnoma