OTA-ONALAR YOKI ULARNING O‘RNINI BOSUVCHI SHAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYAT VA MAS’ULIYATLARI
1. Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
• o‘zlarining balog‘atga etmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o‘qish turini tanlash;
• ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini talab qilish;
• ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
2. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
• bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari;
• bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnat-sevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg‘ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari ;
• bolalarini maktabda o‘qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
3. Ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar maktabda o‘quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
4. Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda davlat ta`lim standarti talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.