Oy: <span>Aprel 2020</span>

Shaxmat musobaqasi (namuna)

Shaxmat musobaqalari paytida maʼlum sondagi yurishlar qilinishi uchun chegaralangan vaqt belgilanadi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat ajratiladi. Tezkor shaxmatda oʻyinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 minutdan) beriladi. Sirtqi shaxmatda har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.

«Navro`z» bayramini o`tkazish ssenariysi

Tadbir o`tkaziladigan zal bayram libosida qilib bezatiladi. Zalning to`rida «Assalom Navro`z» yon tomonlarida bahorni madh etuvchi shiorlar yozilgan plakat va  lozunglar ilingan bo`ladi. Zalning har to`rt tomonida stollar to`rt -olti kishi o`tiradigan qilib did bilan qo`yiladi.

Dasturxonlar to`shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko`k somsa, chuchvaralar, xar-hil o`zbek milliy taomlari).

Bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado berib turadi.

Bayramga maktab o`quvchilari, o`qituvchilar, faxriylar, mahalla oqsoqollari taklif etiladi. Bayramni olib boruvchi barcha bayram qatnashchilarini bezatilgan dasturxonga taklif etadi. Shu tariqa Navro`z bayrami tantanali ravishda boshlanadi.

Aylabon Lutfiy – karam Navro`zi olam keldilar.

O`smadan qoshi qalam Navro`zi olam keldilar.

1-Boshlovchi: Ona yurtim bag`ring to`lib ol nafas.

Ozodlikning Navro`zlari muborak!

Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.

Turkistonim istiqboldan ber darak.

Assalomu alaykum  Navro`z qatnashchilari!Sizlarni yangi yil bahor bayrami bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

2-Boshlovchi: Assalomu alaykum  uzoq –yaqindan tashrif buyurgan. Aziz mehmonlar!Xurmatli ustozlar.                                                      Fan bog`ining bog`bonisan muallim,                                                                                  Million dillar dostonisan muallim.                                                                                           Sen o`qitding mar`ifatda zo`r kitob,                                                                                           Bir kitobki nur sochishda dur oftob deya .Bugungi kechamizn ochib berish uchun. Qancha qalblarga sirdosh,ancha yillarga oshna qolaversa shu ilm-maskanimizda bir necha yillar bosh bolib kelgan.Hamda mustaqilligimizning 25 yillik ko`krak nishoni sohibasi. Maktabimiz  rahbari R.Qurbonovaga so`z navbatini bersak.                                       1-Boshlovchi:  Navro`zning nozu-ne’matiga to`la bo`lgan dasturxon sizga    muntazir. Navro`z dasturxoniga marhamat!

Bugungi bayramingiz ko`ngilli o`tsin.

Erk nasimi elaversin gurkirab.

Dala-tuzing chechaklarga burkansin.

Alp o`g`loning tuprog`ingga bosh urib.

Maysalardan birlashmoqni o`rgansin.

Ana endi sahnaga 9-sinf oquvchilarning taklif qilamiz. Ular ishtirokida QVZ shousini birgalikda tomosha qilamiz.

Endi esa navbatni 8-sinf oquvchilariga bersak.ular ishtirokida raqs tomosha qilsak.(Ziyoda ijrosida Bahor qo`shig`i).

1 Boshlovchi: Navro`z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning bunday an’anasi bor. Bu an’anasi Navro`z saylidir. Shoirman, mussavirman, san’atkorman degan kishi borki, bu shodiyonani tasvirlashga albatta urinib ko`radi. Bu shodiyona-dan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug`ilmagan. Bu fasl muhabbat va uyg`onish fasli, qo`yi baraka, mehnat va jasorat fasli. Bayram qatnashchilari-ni tabriklash uchun mehmonlarga so`z beriladi.

2 Boshlovchi:

To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.

Bo`sh tuproq bag`rini yorib.

Nozik yashil maysa uyg`ondi.

To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.

Navdalarni uchida kulib,

Bahor uyg`ondi…

– Ha bahor uyg`ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg`ondi.

Dalalar uyg`ondi. Dalalarda jasorat uyg`ondi, mehnat uyg`ondi. Navro`z saylida qaytayotgan dehqon to`g`ri dalasiga yo`l oladi. Navro`z, shu zahmatkash dehqonlar haqqi hurmati qadaming qutlug` bo`lsin.

Xumatli mehmonlar sizlarni bayram bilan tabriklash uchun. Maktabimizning 5-B sinf o`quvchilari ijrosida “Sumalak” qo`shig`ini tinglaymiz.

Xumatli mehmonlar sizlarni bayram bilan tabriklash uchun. Maktabimizning 5-B sinf o`quvchilari Andijon polkasi raqsi.

Endi sahnaga 5- sinf o`quvchilari ijrosida “sehrli dunyo” qo`shig`ini tinglaymiz.

1 Boshlovchi: O`ynamoq, kuylamoq kerak

Kelganda Navro`z bayrami

Bog` aro yurmoq kerak.

Kelganda Navro`z bayrami

Lolalar termoq kerak

Kelganda Navro`z bayrami

Gashtini surmoq kerak.

Maktabimizning 8-A Sinf o`quvchilari tomonidan,Bayram tabrigi sifatida ajoyib raqs tomosha qilsak .( Bog`chalarda)

2-Boshlovchi:Lolalar alvon-alvon,

Sumalak berar darmon

Sumalak yetmay qolgan,

Bir umr qilar armon.

Maktabimizning 8-A Sinf o`quvchilari tomonidan,Bayram tabrigi sifatida ajoyib raqs tomosha qilsak. (Faridam va  Habibi)

1 Boshlovchi: Bilasizmi? «Sumalak» ne degani? «Sumalak» aslida «Sumalak» o`ttiz farishta degani. Sumalak pishayotganda qozon boshida o`ttiz malak o`tiradi. Oshpaz emas o`shalar, pari-yu farishtalar pishiradi. Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo`lidan tuz yegan sumalak shirin bo`ladi. Ha do`stlar, sumalak –  qutlug’ osh, uni yegan savob topadi.

2-Boshlovchi    Afsona shunday talqin topgan.

Tarixiy guvox berishicha esa «Sumalak» forscha «Samoni» bug`doy maysasi so`zidan kelib chiqqan deb faraz qilishadi. Navbat san’atkorlarga beriladi.

Boshlovchi:

Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,

Yurakda muattar chechaklar

Osmonda boshuraziz mehmonim

Navro`zing muborak, O`zbekistonim!

–    Ha, ne-ne davrlar o`tdi boshingdan, O`zbekistonim. Ne-ne zamonlar o`tdi. Ne-

ne bo`ronlarda ne-ne g`oyalar yemirilib ketdi.Lekin xalqning asriy bir an’anasi hamon yashab kelmoqda. Bu mehnat, ezgulikni, bahorni ulug`lovchi umumxalq bayrami «Navro`z» saylidir.

Navbat san’atkorlarga beriladi.

Boshlovchi:

Turnalar yurtinga qaytgani kabi

Bag`ringa qaytmoqda alyor baytlaring

Moviydan xayolchang ko`rinish berar

Ming shukur tabarruk ulug` zotlari

Buyuk daxolarni bergan bo`stonim

Yangi yiling qutlug`, O`zbekistonim…

–    Bu faslda odamlar to`da-to`da bo`lib sayrlarga chiqishadi. Bir – birlarini bahor bilan qutlashadi. Bir – birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab kuylagan bunday paytda olam sevinchga to`lib ketadi.

Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi.

Boshlovchi:    Maysalarning yashil tug`yoni dilda

Qalblarda nish urgan orzular go`zal

Yurtim tuprog`ingga kirib kelmoqda

Xirotdan Navoiy bitgan shox go`zal

O`zliging muborak, O`zbekistonim

Navro`zing muborak, O`zbeksitonim!

Navro`z bahorning boshlanishi, boychechak bahorning elchisi.  Boychechakni ko`rganda faqat ezgu niyat qilish kerak. Shu Navro`z tongida qo`lida boychechak tutib qiyqirib o`ynayotgan shu bolalar baxti uchun ne-ne  urushlardan bag`ri kuygan xalqim ulkan koinotdagi mitti sayyora Ona zaminga tinchlik omonlik tilaydi:

Yomon yurmasin, to`zon turmasin.

Gullar so`lmasin, inson o`lmasin.

Hammasin, hammasin osmon asrasin

Dushman hammasin bolalar sasin

Sovuq nafasin olov yamlasin.

Ko`ngilli o`tayotgan «Navro`z» sayli shu tariqada davom etadi.

ONLAYN-MAKTAB BO‘YICHA TAKLIFLAR O‘RGANIB CHIQILADI

Xalq ta’limi vazirligi o‘z oldiga qo‘ygan asosiy masala Onlayn-maktabni qisqa muddatda, 4-chorak boshlanishiga ishga tushirish edi. Bu vazifa barcha guruh a’zolari va hamkorlarning fidokorona mehnati natijasida ko‘zlangan vaqtda amalga oshirildi.
Navbatdagi masala, ushbu darslarni doimiy takomillashtirib borish. Shu sababli takliflarni yig‘ish bo‘yicha onlayn forma tashkil etilgan edi. Hozirga qadar 90 ga yaqin takliflar kelib tushdi.
Darslar efirida uzilish bo‘lib qolmasligi uchun onlayn darslar kamida bir hafta zaxirasi bilan yozib boriladi va montaj vaqtiga qarab efirga uzatiladi.
Shu alohida ta’kidlash joizki, taklif berish bilan tezda o‘zgarish bo‘lishi biroz mushkul masala. Sababi, u taklif o‘rganib chiqilib, o‘qituvchilarga, mutaxassislarga tushuntiriladi. Undan so‘ng yangi olingan dars kamida bir haftadan keyin efirga uzatiladi.
Barcha takliflarni quyidagi forma orqali yuborishingizni iltimos qilamiz:
bit.ly/onlinemaktabfikr
Takliflarni o‘qish uchun (taxminan 5 daqiqada avtomatik yangilanadi): bit.ly/onlinemaktabtaklif
Takliflar statistikasi (taxminan 5 minutda avtomatik yangilanadi): bit.ly/onlinemaktabstat

UNESKO XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN MASOFADAN O‘QITISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLAYDI

UNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston hukumati tomonidan COVID-19 epidemiyasiga qarshi ko‘rilayotgan choralarni, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yillik o‘quv dasturlari asosida teledarslar tarzida o‘quvchilarni masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Koronavirus – o‘qitmaslik uchun bahona emas! UNESKOning monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, 16-mart holatiga dunyoning 56 mamlakatida maktablar yopildi. Bu 516,6 million o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadi. Yunesko barcha a’zo davlatlarni masofadan o‘qitishni yo‘lga qo‘yishga chorlaydi va axborot texnologiyalari asrida favqulodda holat uzluksiz ta’lim jarayonining buzilishiga sabab bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.